Nurli kelajak

← Barcha olimpiadalar

Fizika fanidan Online Olimpiada v0.1

Boshlanishi: 29.03.2026 09:00 Tugashi: 29.03.2026 17:00 Quiz …
Ishtirokchilar 0 Holati Ro'yxatdan o'tish ochiq

📢 ONLINE OLIMPIADA E'LONI

⚛️ Fizika fanidan Online Olimpiada
🏫 Nurli Kelajak Qorako‘l maktabi

8–9–10–11-sinf o‘quvchilari uchun fizika fanidan online olimpiada tashkil etilmoqda. Ushbu olimpiada o‘quvchilarning fizika fanidan bilim darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda masala yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.

📝 Olimpiada test savollaridan iborat bo‘lib, savollar mexanika, elektr, optika va umumiy fizik tushunchalarni qamrab oladi.

⏰ Olimpiada vaqti:
📅 Sana: 29-mart 2026
🕘 Boshlanishi: 09:00
🕔 Tugashi: 17:00

📌 Muhim eslatma:
Ishtirokchilar 09:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida istalgan paytda tizimga kirib, test savollarini yechishlari mumkin.

📋 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:

1️⃣ Olimpiadada qatnashish uchun 29-mart 2026, soat 08:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.

2️⃣ Ro‘yxatdan o‘tishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
• Ism va familiya
• Sinf
• Telefon raqami
• Maktab nomi

3️⃣ Ma’lumotlar to‘ldirilib “Yuborish” tugmasi bosilgandan so‘ng sizga maxsus yagona kalit (unique key) beriladi.

🔑 Ushbu kalitni saqlab qo‘yish zarur, chunki olimpiadaga kirish uchun aynan shu kalit orqali tizimga kiriladi.

🚀 09:00 dan boshlab kalitni kiritib, fizika fanidan testlarni ishlashni boshlashingiz mumkin.

🏆 Barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!
Bilimingizni sinab ko‘ring va yuqori natijalarga erishing!

Ro'yxatdan o'tish

Ro'yxatdan o'tgach, siz kalit olasiz. Olimpiada boshlangach, shu kalit bilan kirishingiz mumkin.

Reyting

Hali natijalar yuborilmagan.