Reading IELTS v0.1
📢 ONLINE OLIMPIADA E’LONI
📖 Reading Mock Olimpiada
🏫 Nurli Kelajak platformasida o‘quvchilar uchun Reading (o‘qib tushunish) bo‘yicha online mock olimpiada tashkil etilmoqda. Ushbu olimpiada o‘quvchilarning ingliz tilida matnni o‘qish, tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini sinab ko‘rish maqsadida o‘tkaziladi.
⏰ Olimpiada vaqti:
📅 Sana: 22-mart 2026
🕘 Boshlanishi: 09:00
🕔 Tugashi: 17:00
📌 Ishtirokchilar 09:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida istalgan paytda tizimga kirib, testlarni ishlashlari mumkin.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:
1️⃣ Olimpiadada qatnashish uchun boshlanish vaqtigacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.
2️⃣ Ro‘yxatdan o‘tishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
• Ism va familiya
• Sinf
• Telefon raqami
• Maktab nomi
3️⃣ Ma’lumotlarni to‘ldirib “Yuborish” tugmasini bosganingizdan so‘ng sizga maxsus yagona kalit (unique key) beriladi.
⚠️ Muhim:
Berilgan kalitni olimpiada boshlanguncha saqlab qo‘yishingiz kerak.
🔑 Olimpiada boshlangach saytda kalit kiritish bo‘limi ochiladi. Siz o‘sha yerga o‘zingizga berilgan kalitni kiritib testlarni ishlashni boshlaysiz.
🚀 Barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!
Bilimingizni sinab ko‘ring va eng yaxshi natijaga erishing.