📖Reading IELTS v0.1
📢 ONLINE OLIMPIADA
📖Reading IELTS v0.1
🏫 Nurli Kelajak platformasida o‘quvchilar uchun Reading (o‘qib tushunish) bo‘yicha online mock olimpiada tashkil etilmoqda. Ushbu olimpiada o‘quvchilarning ingliz tilida matnni o‘qish, tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini sinab ko‘rish maqsadida o‘tkaziladi.
⏰ Olimpiada vaqti:
🗓 Sana: 10-may 2026
🕘 Boshlanishi: 09:00
🕔 Tugashi: 17:00
📱Ro'yxatdan o'tish link: https://nurlikelajak.uz/olympiad/ielts/1/
10-may soat 08:59 da ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. Shu sababli barcha ishtirokchilardan belgilangan vaqtgacha ro‘yxatdan o‘tib olishlari so‘raladi.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi: (https://nurlikelajak.uz/olympiad/ielts/1/)
1️⃣ Olimpiadada qatnashish uchun boshlanish vaqtigacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.
2️⃣ Ro‘yxatdan o‘tishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
• Ism va familiya
• Sinf
• Telefon raqami
• Maktab nomi
3️⃣Ma’lumotlarni to‘ldirib “Yuborish” tugmasini bosganingizdan so‘ng sizga maxsus yagona kalit (unique key) beriladi.
⚠️Muhim:
Berilgan kalitni olimpiada boshlanguncha saqlab qo‘yishingiz kerak.
🔑 Olimpiada boshlangach saytda kalit kiritish bo‘limi ochiladi. Siz o‘sha yerga o‘zingizga berilgan kalitni kiritib testlarni ishlashni boshlaysiz.
‼️💻 Faqatgina ushbu turdagi olimpiada savollarini qulay va samarali ishlash uchun kompyuter (PC yoki noutbuk) orqali qatnashish tavsiya etiladi.
❗️Texnik muammolar bo‘lsa: https://t.me/IbragimovQuvonchbek
🚀 Barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!
Bilimingizni sinab ko‘ring va eng yaxshi natijaga erishing.