Nurli Kelajak Qorako‘l maktabida “Math Skills Contest” matematika tanlovi o‘tkazildi
2026-yil 10-mart kuni Nurli Kelajak Qorako‘l maktabida 9–10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan “Math Skills Contest” nomli bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov o‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini mustahkamlash hamda iste’dodli yoshlarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlov davomida o‘quvchilar murakkab va qiziqarli matematik masalalarni yechish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar o‘rtasida kuchli raqobat kechdi va natijada quyidagi o‘quvchilar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇 1-o‘rin: Bahronov Bunyod
🥈 2-o‘rin: Ne'matov Xurshid
🥈 2-o‘rin: Mustafaqulov Og'abek
🥉 3-o‘rin: Shodmonov Boburshoh
G‘olib va sovrindorlar maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bunday tanlovlar o‘quvchilarda ilmga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularning kelajakdagi ilmiy yutuqlariga mustahkam zamin yaratadi. Nurli Kelajak Qorako‘l maktabi bundan keyin ham o‘quvchilar uchun turli bilimlar bellashuvlari va olimpiadalarni muntazam ravishda tashkil etishda davom etadi.
📞 Aloqa uchun
☎️ 5️⃣5️⃣➖3️⃣0️⃣5️⃣➖5️⃣5️⃣➖6️⃣6️⃣
☎️ 9️⃣3️⃣➖6️⃣8️⃣2️⃣➖2️⃣7️⃣➖7️⃣3️⃣
☎️ 9️⃣3️⃣➖9️⃣6️⃣2️⃣➖2️⃣5️⃣➖2️⃣3️⃣
📱 Telegram: https://t.me/nurlikelajakkarakulmaktab
📱 Instagram: https://www.instagram.com/nurlikelajakkarakakul
🌐 Web saytimiz: https://nurlikelajak.uz
📍 Manzil: Kogon Shahri, Do'stlik ko'chasi, 44-uy
Izohlar (0)